Navro’z – bahor bayrami

 Bugun shodiyona Navro’zi olam                                             Davrada karnay-surnay sadosi ostida jarchilar kirib keladi.

Orziqib kutilgan navbahor to’yi!                                                      Odamlaru odamlar, Bog’da bitgan bodomlar!

Assalom yangi yil, Assalom bayram!                                               Eshitmadim demanglar, Eshitganlar ketmanglar!

Senga atalgusi yuraklar kuyi.                                                         Bugun 1-“B” sinfda Navro’zi olam shodiyonasi!

   

   Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, ota-onalar, davramiz qatnashchilari bo’lgan jajji o’quvchilar. Bugun 1-“B” sinfda “Navro’z – bahor bayrami” mavzusidagi tarbiyaviy soatimizga xush kelibsiz. Bugungi kuy va qo’shiqlarimiz sizlar uchun. Bahoriy kayfiyat dilingizni hech qachon tark etmasin. Navro’z bayrami barchaga muborak bo’lsinyu

Sinf rahbari:  G.Mirzonazarova

 

 

Kitobxonlik bayrami.

 

O’quvchilarni kitobxonlikka o’rgatish, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun badiiy adabiyotlar o’qishga undash ularning ma’naviyati yuksak bo’lib ulg’ayishga yordam beradi.

          Maktabimizda o’tkazilgan “Har bir farzandga bir kitob” marafonida 4-“B” sinf o’quvchilarining ota-onalari boshqalarga namuna bo’lib farzandlari uchun badiiy kitoblar olib berdilar. O’quvchilar o’qigan badiiy asarlari asosida “Kitobxonlar bayrami” tadbiri o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar ikki guruhga bo’linib beshta shart bo’yicha bellashdilar.

   

     O’quvchilar o’z ishtiroklari bilan kitob o’qish orqali ona tilida to’g’ri, ravon va tushunarli so’zlay olishini isbotladilar. O’zlari o’qigan kitoblari haqida do’stlariga gapirib berdilar. Kitob bilan qanday muomalada bo’lish kerakligini o’rgandilar. Buyuk allomalarimizning kitob haqidagi hikmatlaridan namunalar aytishdi. Tadbir barcha boshlang’ich sinf o’quvchilariga manzur bo’ldi.

          4-“B” sinf rahbari:    H.Qipchaqova

 

 

Buyuk bobolarimiz A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludi kuniga bag’ishlab

“Bobolarimiz merosini o’rganamiz” mavzusida kecha tashkil etildi.

Quvasoy shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 15-o’rta maktabi 4-“A” sinfida buyuk bobolarimiz A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludi kuniga bag’ishlab “Bobolarimiz merosini o’rganamiz” mavzusida kecha tashkil etildi. Bu tadbir 9-fevral kuni o’tkazildi. O’quvchilar ulug’ bobolarimiz bolalaigi, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berishdi. Bobolarimiz ijodidan g’azal va ruboyilar aytib berdilar. Nazm mulkining sultoni A.Navoyining bolaligi haqida sahna ko’rinishi, shoh va shoir Z.M.Boburning vatandan uzoqda vatan sog’inchi bilan yashab o’tganligi haqidagi sahna ko’rinishlari juda ta’sirli chiqdi.

   

Bolalar bugungi kunda ulug’ bobolarimiz A.Navoiy va Z.M.Bobur nomi bilan bog’liq joylar haqida ma’lumot berdilar.

 

 

 

ISLOM BOBO

       Xotirangiz dilda qolar abadiy,
Yosh avlod qalbida yashaysiz mangu.
O`tdingiz dunyodan shu yurt deb qat’iy
Sizday bo`lishni qilamiz orzu.
 
Dunyo ko`rmagandir sizdayin daho,
Yashadingiz yurt deb, xalqim deb, faqat.
Biz ham siz singari bo`lamiz, bobo,
Vatan bayrog`ini ko`tarib baland.

4-"B" sinf o`quvchisi

Abduvaliyev Mansurbek

  Maktabda diniy bag’nikenglik, millatlararo totuvlikni yanada mu-stahkamlash maqsadida har oyda Valik “Valiulloh” masjidi imom xatibi N.Mirzomitdinov 8-10- sinf o’quvchilari bilan muntazam suhbat o’tkazib bormoqda.

 

 

 Navro`zi ayyom muborak!

  

 

4-sentabr kuni maktabda "Bilimlar kuni" tadbiri va Xotira darsi o`tkazildi.

         

 4-sentabr "Bilimlar kuni" tadbirida maktabga ilk qadam qo`ygan 1-sinfning 44 nafar o`quvchilariga 12 turdagi o`quv qurollaridan turgan Prezident sovag`asi berildi. Tadbirda Quvasoy shahar hokimi A.T.Ziyavitdinov, shahar XTMFMTTEB mudiri A.A.Eminov, 1-sinf ota-onalari, mahalla faollari ishtirok etdilar.

Maktabda birinchi dars “Xotira darsi” sifatida o`tildi. Maktabning 8-9-sinf o`quvchilariga Xotira darsini Quvasoy shahar hokimi A.T.Ziyavitdinov va shahar XTMFMTTE bo`limi mudiri A.A.Eminovlar o`tib berishdi.

         

Xotirangiz mangu barhayot!

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasi nafaqat xalqimiz, butun dunyodagi insonparvar, tinchliksevar insonlar xotirasida buyuk davlat arbobi, ulug‘ inson, Mustaqillikning, bozor iqtisodiyotining noyob me’mori sifatida bir umrga qalbimizda muhrlanib qoladi.

Ulug‘ yo‘lboshchimiz mustaqil O‘zbekistonni, uning mehnatkash va tanti xalqini behad sevar, nihoyatda ardoqlar edi. O‘tgan 25 yillik davrda O‘zbekistonga rahbarlik davrida shunchalik ko‘p bunyodkorlik ishlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni amalga oshirib, xalqimiz, yurtimiz taqdirini – bugungi va kelajagini ijobiy tomonga o‘zgartirib yubordi.

O‘zbekiston tarixida ulug‘ donishmandlar, aziz-avliyolar, daholar vatani. Ular qoldirgan madaniy, ma’naviy, ilmiy meroslar butun dunyo ahli tomonidan chuqur o‘rganilib, hayotga tadbiq etib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov boshlab bergan ulug‘ yo‘l – O‘zbekistonning kelajagi buyuk, uning mehnatkash, bunyodkor xalqi nurli kelajak sari dadil boshlab bera oladi. Xalqimizning mehr – muhabbatini qozongan, xalqimiz qalbidan manguga joy olgan Islom Abdug‘anievich Karimov nomi asrlar osha yashayveradi.