Maktab hamshirasi


Teshaboyeva Shahnozaxon Bahromjon qizi

1992-yil 22-avgust kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1999-yili Quvasoy shahar 14-umumiy o`rta ta’lim maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 2008-yili umumiy o`rta ta’lim maktabni 9-sinfini tamomlagan. 2008-yili Farg`ona Tibbiyot kollejining “Akusherlik ishi” yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 2011-yili muvaffaqiyatli bitirgan.

2012-yil 2-sentabr kunidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 15-umumiy o`rta ta’lim maktab hamshirasi lavozimida ish yuritib kelmoqda.