Maktab hamshirasi


Teshaboyeva Shahnozaxon Bahromjon qizi

1992-yil 22-avgust kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1999-yili Quvasoy shahar 14-umumiy o`rta ta’lim maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 2008-yili umumiy o`rta ta’lim maktabni 9-sinfini tamomlagan. 2008-yili Farg`ona Tibbiyot kollejining “Akusherlik ishi” yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 2011-yili muvaffaqiyatli bitirgan.

2012-yil 2-sentabr kunidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 15-umumiy o`rta ta’lim maktab hamshirasi lavozimida ish yuritib kelmoqda.

 

Kutubxona mudirasi

 Usmanova Diyoraxon Sobirjon qizi

 

1993-yil 13-avgust kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 2000-yili Quvasoy shahar 15-umumiy o`rta ta’lim maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 2009-yili umumiy o`rta ta’lim maktabni 9-sinfini tamomlagan. 2009-yili Farg`ona pedagogika kollejining “Boshlang`ich ta’lim” yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 2012-yili muvaffaqiyatli bitirgan.

 

2014-yil 2-sentabr kunidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 15-umumiy o`rta ta’lim maktab direktori lavozimida ish yuritib kelmoqda.

 

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari

Madaminova Mohira Asqarovna

1976-yil 9-iyun kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida tug`ilgan. 1983-yili Quvasoy shahar 15-o`rta maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 1993-yili o`rta maktabni tamomlaga. 1993-yili Qirg`izston Respublikasining Bishkek shahridagi Qirg`iz Davlat Pedagogika Universitetiga  boshlang`ich ta’lim yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 1997-yili ushbu oliygohni bitirgan. 1997-yili sentyabr oyidan Quvasoy shahar 15-o`rta maktabga boshlang`ich sinf o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan.

2005-yili Davlat test markazi tomonidan nostrifikasiyadan o`tgan.

2017-yil iyul oyidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar xalq ta’limi bo`limi tasarrufidagi 15-umumiy o`rta ta’lim maktab o`quv ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ish yuritib kelmoqda.

 

 

 

Maktab psixologi

Abbosova O`g`iloy Xasanjon qizi

1993-yil 9-may kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Pakana qishlog`ida, dehqon oilasida tug`ilgan. 2000-yili Quvasoy shahar 6-umumiy o`rta ta'lim maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 2009-yili ushbu maktabni 9-sinfini tamomlab, Farg`ona shahr 2-sonli akademik litseyiga o`qishga kirgan. 2012-ylili ushbu o`quv yurtini tamomlab, farg`ona Daulat Universitetiga o`qishga kirgan. 2006-yili ushbu oliygohni biologiya mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

2016 yili Quvasoy shahr 15-umumiy o`rta ta'lim maktabiga biologoya o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilindi.

2017-yil oktabr oyidan boshlab maktab amaliyotchi psixologi lavozimida ishlab kelmoqdada 

 

Qadirova Ulfatxon Mamataliyevna

1969-yil 18-mart kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, savdo hodimi oilasida tug`ilgan. 1976-yili Quvasoy shahar 15-o`rta maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 1986-yili o`rta maktabni tamomlagan. 1986-yili Namangan pedagogika bilim yurtiga boshlang`ich ta’lim yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 1989-yili ushbu bilim yurtini bitirgan. 1989-yili sentabr oyidan Quvasoy shahar 14-o`rta maktabga boshlang`ich sinf o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan. 1992-yildan boshlab Quvasoy shshar 15-umumiy o`rta talim maktabida boshlang`ich sinf o`qituvchisi vazifasiga ishga o`tgan.

Ish faoliyatidan ajralmagan holda 1998-yili Batken davlat universitetiga Pedagogika va boshlang`ich ta’lim mutaxassisligi bo`yicha oqishga kirib, 2001-yili ushbu ta’lim muassasasini bitirdi. 2009-yili Davlat test markazi tomonidan nostrifikasiyadan o`tgan.

2015-yil yanvar oyidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 15-umumiy o`rta ta’lim maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ish yuritib kelmoqda.