Quvasoy shahar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining 3-“B” sinfida “Egasi bor yurtning ertasi bordir” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda elektron doska orqali mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, harbiylar hayotidan lavhalar namoyish etildi.
Sinfda ta’lim olayotgan 8 nafar o’g’il bolalar 2 guruhga ajratib, yurtimizning bo’lajak himoyachilari qanchalik chaqqon, epchil, zukko ekanliklarini sinovdan o’tkazildi.
Tadbirga uzoq yillar harbiy sohada ishlab kelgan Ergashev Davlatbek Qodiralievichni taklif etildi. Guruhlarning ishtirokini hay’at a’zolari baholab bordilar. G’oliblar aniqlanib, mukofotlandilar.
Maktabda 2018-yil 27-yanvar kuni 1-“B” sinf o`quvchilari ishtirokida o`tkazilgan tadbirdan
Mustaqil yurt o`gil-qizlari,
Yuzi qirmiz, shirin so`zlari.
Aqli raso, bilimga tashna,
Kulib turar nurli ko`zlari
Farg`ona viloyati Quvasoy shahridagi 15-o`rta ta`lim maktabida “Baxtiyor bolaligim” mavzu ostida “Savodxonlik” tadbiri bo`lib o`tdi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Gulsara Mirzonazarova jajji qalblarga 30 yildan buyon ta`lim berib kelmoqda. Mehnat faoliyati ustoz mahoratini oshirdi, yanada baland marralarga chorladi.
Bugun kichik bolasiz
O`qib bilim olasiz
Hayot chamonzorida
Yuz ochar gul bolasiz.
Tadbir qatnashchilari o`quvchilar o`zlarining bilim, mahoratlarini namoyish etishdi. Maktab ma`muriyati, ota-onalar jajji bilimdonlardan mamnun bo`ldilar.
Sumalak
(Rivoyat)
Bir dehqon urug`likka olib qo`ygan bug`doy donini suvga solib ivitib qo`yibdi. Lekin vaqtida dalaga olib chiqib eka olmabdi. Urug`lik bug`doy bir necha kun davomida iliq havoda turgan edi. Biroq birdan havo aynib, yomg`ir yog`a boshlabdi. Bug`doy ivitilgan idishda nish urib, o`sa boshlabdi.
Ob-havo ochilavermabdi va bug`doy ancha bo`y cho`zib qolibdi. Dehqonning bolalari och ekan. Nishlab ketgan bug`doy uvol bo`lmasligi uchun dehqon kampiriga:
- Bundan biror pishir, baribir endi ekib bo`lmaydi, - debdi.
Kampir bug`doyni qozonga solibdi va qaynataveribdi-qaynataveribdi. Charchab qolgan kampir uxlamaslikka urinibdi, biroq bo`lmabdi. U har ehtimolga qarshi qozonning qopqog`ini yopibdi va uxlagani yotibdi.
Ertalab qozondan xabar olgani boribdi. Taom buzilgan deb o`ylagan kampir qopqoqni ochgan ekan, ajoyib hid dimog`iga urilibdi. Yalab ko`rsa, ta’mi biram mazali ekan.
Sumalak pishirish shunday boshlangan ekan.
“Durdona” kitobidan
Darsning mavzusi: Jahon aholisi sonini aniqlash
Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni Dunyo aholisining soni va dinamikasi.bilan tanish-tirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Vatanparlik ruhida ta'lim-tarbiya berish, kasbga yo'llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarning Dunyo aholisining soni va dinamikasi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Dunyo siyosiy xaritasi , aholi soni aks etgan jadvallar,tarqatma materiallar
Dars shakli: ma'ruza, suhbat, ko'rgazmali, muammoli, mustaqil.
Nazorat turi: test
Fanlararo integratsiya: tarix, geografiya fanlari bilan bog'lanish.
Darsning xronologik xaritasi:
1 |
Tashkiliy qism |
5 daqiqa |
2 |
O'quvchilar bilimi, amaliy ko'nikmalarini o'tilgan mavzu bo'yicha nazorat qilish |
10 daqiqa |
3 |
Yangi mavzu bayoni |
12 daqiqa |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash va o'quvchilaming savollariga javob berish |
10 daqiqa |
5 |
O'quvchilarni baholash va rag'batlantirish |
4 daqiqa |
6 |
Uyga vazifa berish |
2 daqiqa |
7 |
Darsni yakunlash |
2 daqiqa |
Darsdan kutiladigan natija: o quvchi yangi bihmlarni egallaydi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta'lim texnologiyasi (o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashga mo'ljallangan modul dasturi).
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
III. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash.
IV. O’tgan darsni so’rash
Yangi mavzu ma’ruza tarzida tushuntiriladi
Aholi deganda–ma’lum hududda yashaydigan kishilar guruhi tushuniladi.
Aholining mutloq soni–biron-bir hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning ma’lum
vaqtdagi miqdoriy ifodasidir.
Demografiyada aholi soni, eng umumiy asosiy ko’rsatkich bo’lib, aniq bir
davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma’lum bir
sanaga (1-yanvarь, 1-iyulь yoki 31 dekabrь) keltiriladi. Masalan, O’zbekiston
aholisi 1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni, 2000 yil 1 yanvarda esa – 24487,7
mingni tashkil etdi. Bu ko’rsatkichlarni butun yil uchun qabul qilib bo’lmaydi,
chunki yil davomida, ya’ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi soni tug’ilish
va o’lim hisobiga muntazam o’zgarib turadi. Har bir hudud aholi sonini
o’rganganda, yuqorida qayd etilgandek, uni doimiy (shu hududda doimiy
ro’yxatga olingan) va real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma’lum muddat
yashayotgan) aholiga ajratiladi.
Demografik tadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni hamda mavjud,
real aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o’zgarmas – stabil aholi
sonidir. Stabil aholi soni lotincha “stabils” so’zidan olingan bo’lib, doimiy,
o’zgarmas degan ma’noni bildiradi. Aholining asosiy kategoriyasi mavjud
(nalichnыe) aholidir. Demografik koeffitsientlarni hisoblaganda mavjud
30
(nalichnыe) aholi sonidan foydalaniladi. SHuningdek, mavjud aholi soni aholi
ro’yxatlari orasidagi davr uchun aholi mutloq sonini o’rganishda ham qo’llaniladi.
Aholining soni asosan tabiiy va mexanik ko’payish orqali ortib boradi. Tabiiy
ko’payishda demografik jarayonlardan tug’ilish va o’lim jarayonlari muhim o’rin
tutadi. Tug’lish va o’lim jarayonlari natijasida, aholi takror barpo bo’ladi, avlodlar
tug’iladi. Aholi takror barpo bo’lishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: Tabiiybiologik;
Ijtimoiy-iqtisodiy; Ijtimoiy-madaniy; Psixologik; Demografik. Yer
kurrasi aholisi 2012 yilda 7 milliarddan oshdi. BMT ma’lumotlariga qaraganda,
dunyo aholisi 2015 yilgacha har yili 80-85 million kishidan ko’payib boradi.
Hozirga kelib yer yuzida aholi
quyidagicha tarqalgan:
• Yevropa (Rossiya Fedaratsiyasining Yevropa qismi bilan birgalikda)..740 mln
• Osiyo (Rossiya Fedaratsiyasining Osiyo qismi bilan birgalikda) .....4216 mln
• Afrika ....................................................................................................1051 mln
• Amerika ....................................................................................................942 mln
• Avstraliya va Okeaniya ..........................................................................37 mln
BMT prognoziga ko’ra dunyo aholisi 2125 y. - 8082 mln kishiga yetadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Modul dasturi bo’yicha o’uvchilar kishik guruhlarga bo’linadi. Guruhlarga quyidagi savollar beriladi. Har bir guruhga aholisi soni eng ko’p mamalakatlarning 3 tadani beriladi va ular yiliga aholi ko’payishini hisoblaydilar
Jadvalni to’ldiring
Dunyo davlatlari |
Aholisi soni |
O’lim ko’rsatkichi |
Tug’ilish |
Yiliga Ko’payish % |
|
|
|
|
|
Uyga vazifa: Mavzuni o’zlashtirish, darslikdagi mavzu oxiridagi savollarga javob yopzish, mavzu yuzasidan ijodiy himoya ishini tayyorlash