Kamolot yoshlar harakati

“Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi

2016-yil 14-mart kuni 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Quvasoy shahar Kengashi, “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovga hududdagi   №11, №13, №14, №15, №17 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolaridan tuzilgan  jamoalari qatnashdilar. Ko‘rik tanlovda qatnashgan jamoalar 4 (to‘rt) yo‘nalish: tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob, ijtimoiy loyiha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro belashdilar. Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan ko‘rik-tanlovda №11 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Barkamol avlod” jamoasi 1-o‘rinni, №17 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Kamalak yoshlari” jamoasi 2-o‘rinni, №13 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Zukkolar” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Barkamol avlod” jamoasi ko‘rik-tanlovning shahar bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.