Печать
Категория: Maktab jamoasi
Просмотров: 1340

 

Maktab yaratgan ustoz! 

Boltaboev Mamarasul Yunusovich 1951-yil 12-may kuni Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1973-yili Farg‘ona Davlat Pedagogika institutini jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1977-yili mazkur oliygohni tamomlagan.

  Ish faoliyatini 1977-yilda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy vazifasida boshlagan. 1998-yildan 2003-yilgacha Quvasoy shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2003-yildan 2009-yilgacha Quvasoy shahar Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy vazifasida ishlagan.

Boltaboev Mamarasul Yunusovich o‘z ish faoliyati davomida o‘zi yashayotgan Nayman qishlog‘ida sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratdi va o‘z uy uchastkasida sport zali va sog‘lomlashtirish markazi qurib ko‘plab yoshlarni tarbiyalashga erishdi. Shulardan 4 nafari sport ustasi va 1 nafar shogirdi

Umurzakov Islomjon Turg`unboyevich O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasi sport ustasi, 15 nafardan ortiq O‘zbekiston chempionlari, 60 nafardan ortiq sport ustalariga nomzodlar shahrimiz, viloyatimiz va Respublikamiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. 1997-yil 27- sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. 2004-yil shu davlat mukofotidan ruhlanib, murabbiy jamoa xo‘jaligidan 1 ga yer

maydoni olib yangi  stadion qurib bitkazdi. Shu davr ichida 4 nafar O‘zbekiston sport ustasi etishib chiqdi.

 

2006-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi tomonidan “O‘zbekiston sport faxriysi” unvoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-iyuldagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15-yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Boltaboev Mamarasul Yunusovich Respublika toifasidagi hakam, oliy toifadagi murabbiy, o‘z kasbini ustasi va fidoiysi, u o‘zining mehnati, halolligi va rostgo‘yligi bilan jamoasi o‘rtasida, shaharda katta obro‘ga ega. Hozirgi vaqtda pensiya yoshida bo‘lishiga qaramay yoshlarga o‘z yo‘nalishida murabbiylik qilib kelmoqda.