Maktab yaratgan ustoz! 

Boltaboev Mamarasul Yunusovich 1951-yil 12-may kuni Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1973-yili Farg‘ona Davlat Pedagogika institutini jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirib, 1977-yili mazkur oliygohni tamomlagan.

       Quvasoy shahar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining 3-“B” sinfida “Egasi bor yurtning ertasi bordir” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda elektron doska orqali mamlakatimizda istiqlol  yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, harbiylar hayotidan lavhalar namoyish etildi.

  

 

 

  Sinfda ta’lim olayotgan 8 nafar o’g’il bolalar 2 guruhga ajratib, yurtimizning bo’lajak himoyachilari qanchalik chaqqon, epchil, zukko ekanliklarini sinovdan o’tkazildi.

            Tadbirga uzoq yillar harbiy sohada ishlab kelgan Ergashev Davlatbek Qodiralievichni taklif etildi. Guruhlarning ishtirokini hay’at a’zolari baholab bordilar. G’oliblar aniqlanib, mukofotlandilar.

  

Maktabda 2018-yil 27-yanvar kuni 1-“B” sinf o`quvchilari ishtirokida o`tkazilgan tadbirdan

Mustaqil yurt o`gil-qizlari,

Yuzi qirmiz, shirin so`zlari.

Aqli raso, bilimga tashna,

Kulib turar nurli ko`zlari 

Farg`ona viloyati Quvasoy shahridagi 15-o`rta ta`lim maktabida “Baxtiyor bolaligim”  mavzu ostida  “Savodxonlik” tadbiri bo`lib o`tdi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Gulsara Mirzonazarova jajji qalblarga 30 yildan buyon ta`lim berib kelmoqda. Mehnat faoliyati ustoz mahoratini oshirdi, yanada baland marralarga chorladi.  

Bugun kichik bolasiz

O`qib bilim olasiz 

Hayot chamonzorida

Yuz ochar gul bolasiz.

       

   Tadbir qatnashchilari o`quvchilar o`zlarining bilim, mahoratlarini namoyish etishdi. Maktab ma`muriyati, ota-onalar jajji bilimdonlardan mamnun bo`ldilar.

      

 

 

 

Sumalak

(Rivoyat)

Quvasoy shahar 15-umumiy o`rta ta'lim maktabida ta'lim olayotgan a'lochi o`quvchilar haqida

MA'LUMOT

Kamolot yoshlar harakati

“Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi

Quvasoy shahar 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida 32 nafar pedagog xodimlar ta'lim berib kelmoqda

Quvasoy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi

15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot