Nayman mahalla fuqarolar yig`ini raisi


Qo`ziyev Abdulhoshim Ortiqaliyevich

1965-yil 1-yanvar kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ziyolilar oilasida tug`ilgan. 1971-yili Quvasoy shahar 15-o`rta maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 1981-yili o`rta maktabni tamomlagan. 1981-yili Toshkent Qishloq Xo`jalik institute Farg`ona filialida agronomiya fakultetini o`qishga kirib, 1985-yili ushbu oliygohni olim-agronom yo`nalishi bo`yicha bitirgan. 1986-yilda Quvasoy shahar Sufon qishlog`ida joylashgan MO`IChK-2 (maktablararo o`quv ishlab chiqarish kombinati) da ishlab-chiqarish masteri bo`yicha mehnat faoliyatini boshlagan.

2015-yil 17-avgust kunidan buyon Quvasoy shahar Nayman mahalla fuqarolar yig`ini raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Nayman mahalla fuqarolar yig`ini Diniy ma'rifat va ma`naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchi

O`rozova Melixon Ergashevna

1958-yil 20-dekabr kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1965-yili Quvasoy shahar 15-o`rta maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 1975-yili o`rta maktabni tamomlagan. 1975-yildan Quvasoy shahar Ilich sovxozida ish faoliyatini boshlagan. 1978-yili Namangan madaniy oqartuv texnikumiga o`qishga kirib, 1979-yili ushbu bilim yurtini kutubxonachilik bo`limi yo`nalishi bo`yicha bitirgan. 1979-yilda Quvasoy shahar 15-o`rta maktabida kutubxona mudiri vazifasida ishlab kelgan.

2009-yil sentabr oyidan buyon Quvasoy shahar Nayman mahalla fuqarolar yig`ini Diniy ma'rifat va ma`naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchi vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

       

  Nayman mahalla posboni

Mirzamatov Sog`inali Chalaboyevich

1967-yil 1-iyun kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1974-yili Quvasoy shahar 15-o`rta maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 1984-yili o`rta maktabni tamomlagan. 1985-yili Chexoslavakiyada harbiy xizmatdabo`lgan. Harbiy xizmat davrida 27-harbiy oshpazlik maktabida o`qib shu yo`nalish bo`yicha guvohnoma olgan. 1984-yildan Quvasoy shahar Ilich sovxozida ish faoliyatini boshlagan.

2006-yildan buyon Quvasoy shahar Nayman mahalla fuqarolar yig`ini posboni vazifasida ishlab kelmoqda.

 

 

 

 

Nayman mahalla fuqarolar yug`ini mas'ul kotibi

Kaxxarova Feruza Sog`inali qizi

1991-yil 29-sentabr kuni Farg`ona viloyat Quvasoy shahar Nayman qishlog`ida, ishchi xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1998-yili Quvasoy shahar 15-umumiy o`rta ta’lim maktabning 1-sinfiga o`qishga kirib, 2007-yili umumiy o`rta ta’lim maktabni 9-sinfini tamomlagan. 2007-yili Quvasoy shahar iqtisodiyot kollejining buxgalter hisobchi va audit yo`nalishi bo`yicha o`qishga kirib, 2010-yili muvaffaqiyatli bitirgan.

2011-yil fevral oyidan buyon Farg`ona viloyati Quvasoy shahar Nayman mahalla fuqarolar yig`ini mas’ul kotib vazifasida ish yuritib kelmoqda.