Fevral oyida matematika fan oyligi

    Quvasoy shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 15-o’rta maktabda fevral oyida matematika fan oyligi jadal sur’atda olib borilmoqda. Maktabda matematik kechalar, bilimdonlar bellashuvi, ochiq darslar tashkillangan. Jumladan, 4-“A” sinf o’qituvchisi Sh.Abduraxmanova 8-fevral kuni matematika fanidan ochiq dars o’tdi. Dars boshida o’quvchilarga matematika olimlar Mirzo al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug’bek bobolarimiz haqida ma’lumot berildi. O’quvchilar o’zlarining topqir, zukko, bilimdon ekanliklarini misol, masalalar echish orqali namoyon etdilar. Dars davomida turli ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Ayniqsa “Karra aytish” va “Sonli maqollar” bellashuvida sinfdagi barcha o’quvchilar qatnashdilar.